«GIDROINGEO instituti» DM Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Oxunov mintaqaviy seminarida ishtirok etdi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Oxunov Markaziy Osiyo taraqqiyot banki ko’magida Markaziy va G’arbiy Osiyo departamentining atrof-muhit, tabiiy resurslar va qishloq xo’jaligi bo’limi tomonidan tashkil etilgan «Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining (TARES) suv komponentlarini yaratish» bo’yicha mintaqaviy seminarida ishtirok etdi.

Seminar natijasi suv resurslari komponentlari bo’yicha ustuvor chora-tadbirlarning qisqacha ro’yxatini ishlab chiqish va ishchi guruhning tarkibi va rolini aniqlashga imkon beradi

Joriy yilning 30-noyabr kuni «GIDROINGEO instituti» DM huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy Kengashning Ilmiy seminarida geologiya-mineralogiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan dissertatsiya ishlari muhokamasi bo’lib o’tdi

  1. O.Zafarov «Inshootlar asosidagi sho’rlangan gruntlarning namlanishidan fizik mexanik xossalarning o’zgarishi(Jizzax viloyati Paxtakor tumani misolida) mavzusida;
  2. G.Hasanova «O’zbekiston seysmofaol rayonlarining yer osti suvlarida mikrokomponent ko’rsatkichlarining o’zgarish xususiyatlarini o’rganish(Toshkent dinamik poligoni misolida) mavzusida.

Muhokama yakunida dissertantlarga dissertatsiya ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi hamda ular bartaraf etilgandan soʻng keyingi bosqichga tavsiya etilishiga kelishildi.

«GIDROINGEO instituti» DM jamoasi muvaffaqiyatli himoya bilan R.Bekimbetovni tabriklab, keyingi ilmiy faoliyatlarida omadlar tilaydi

Bugun, joriy yilning 25-noyabr kuni «GIDROINGEO instituti» DM huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy Kengashda «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti» doktoranti Bekimbetov Ruslan Tursinbayevichning «Nukus shahri sho’rlangan gruntlarida bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashning o’ziga xosliklarini muhandis-geologik asoslash» mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan dissertasiya ishi himoyasi o’tkazildi.

БМТ Бош Ассамблеяси томонидан эълон қилинган 25 ноябрь – Ҳалқаро аёлларга нисбатан зўравонликка барҳам бериш кунига бағишланган “Зўравонликка қарши 16 кун” туркум тадбирлар доирасида Давлат геология қўмитаси томонидан “Биз зўравонликка қаршимиз” ва “Оила – муқаддас қўрғон” мавзуларида семинар ўтказилди.

Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасида бошкарма прокурори Б.Кахаров ҳамдаТошкент шахар Ички Ишлар Бош Бошқармаси тезкор ходими А.Шукуровлар томонидан хотин-қизларнинг ҳуқуқий саводхонлигини ошириш мавзусида маърузалар қилинди.