BOSH SAHIFA

Slide
IMG_7432

ISHLAB CHIQADI: Mijozlarni qiziqtirgan mavzular bo’yicha doimiy so’rovlar to’plami.

BAJARADI: Doimiy so’rovlar bo’yicha axborot ta’minoti; bir martalik qidiruvlar, maqsadli so’rovlar; XBA bo’yicha birlamchi manbalarga buyurtmalar, nashrlarning xorijiy tillardan tarjimalari, ilmiy-texnikaviy adabiyotlardan nusxa ko’chirish, yangi texnika va texnologiya sohasida ilmiy-texnik hujjatlarni ma’lumot qidirish, texnik hujjatlarni xarid qilish uchun buyurtmalar.

XUSUSIYATLAR: Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, gidrogeofizika va boshqalar yo’nalishlari bo’yicha chuqurligi 12 – 15 yil bo’lgan ma’lumotnoma-axborot fondi, ilmiy-texnik hujjatlarning kartotekasi, IR, tarjimalari, manzillari.

TAKLIFLAR: Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, gidrogeofizika va boshqalar masalalari bo’yicha har tomonlama axborot ta’minoti.

202

Xodimlar

20

PhD talabalari

20

Fan nomzodlari

8

Fan nomzodlari

Xalqaro munosabatlar

2008-yilda Oslo (Norvegiya) shahrida bo‘lib o‘tgan 33-Xalqaro geologiya kongressida O‘zbekistondan 26 nafar mutaxassislardan, jumladan, yoshlardan iborat geologiya delegatsiyasi ham seksiyalar ishining turli yo‘nalishlari bo‘yicha faol ishtirok etdi. Kongress ishidagi ishtiroki natijasida O‘zbekiston geolog yoshlari yangi tashkil etilgan Yosh olim-geologlarning xalqaro tarmog‘iga (YES Network – Young Earth Scientist’s Network) kirdi.
HYDROINGEO instituti xodimi hozirda YESdagi O‘zbekiston milliy vakili hisoblanadi. Batafsil maʼlumot http://yes-uzbekistan.blogspot.com saytida. Institut mutaxassislarining 2012-yilda Brisben shahrida (Avstraliya) boʻlib oʻtadigan 34-Xalqaro geologiya kongressida ishtirok etishi rejalashtirilgan.