Ishlab chiqarish faoliyati

Ishlab chiqarish faoliyati

Institut qquyidagilarni amalga oshiradi:
  • suv manbaalarini o’rganish va ulardan foydalanish;
  • gidromineral manbaalarini o’rganish va ulardan foydalanish;
  • meliorativ gidrogeologiya sohasida izlanishlar olib borish;
  • yer osti suvlarini monitoring qilish;
  • suv zahiralarining ifloslanishi va kamayish jarayonlarini o’rganish;
  • muhandislik geodinamikasi sohasidagi izlanishlar;
  • foydali qazilmalar konlarining gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlarini o‘rganish;
  • shaharlar va sanoat hududlarining ekologik sharoitlarini o’rganish;
  • yangi texnik vositalarni ishlab chiqish;
  • yer osti suvlarini qidirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan oqilona foydalanish;
  • chuchuk yer osti suvlari zahiralarini sun’iy ravishda to‘ldirish va ularni ifloslanishdan himoya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish;
  • gidromineral xom ashyoni qayta ishlash va ulardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish;
  • tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash;
  • topografik-geodeziya ishlarini olib borish va xaritalar chiqarish;
  • qurilish va kapital ta’mirlash;
  • yiridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish;
  • qishloq xo’jaligi uchun o’g’itlar ishlab chiqarish;
  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish;
  • mineral va ichimlik suvlarini quyish;
  • monografiyalar, to’plamlar, tavsiyalar, yo’riqnomalar, maqolalar, reklama maqolalari va boshqa nashrlarni chop etish;
  • O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning tashkilot, muassasa, korxona va idoralari bilan hamkorlik qilish;
  • doktorantura, aspirantura va daraja oluvchilik orqali ilmiy xodimlarni tayyorlash;
  • malaka oshirish kurslarida oqish;
  • o’quv bo’limlari filiallarini ochish va oliy o’quv yurtlari talabalarini tayyorlash.
Institut litsenziyalar asosida faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanishi mumkin