8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Bugun adolat va tenglik ramzi, erkin va farovon hayotimiz garovi bo‘lgan Oliy Qomusimiz qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Konstitutsiyamiz xalqimizning ko‘p yillik tarixi, tafakkuri naqsh solgan ishonchli hayotimiz solnomasi, inson huquqlarining kafolati demakdir.

«GIDROINGEO instituti» DM jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti barqaror bo‘lsin!

«GIDROINGEO instituti» DM mutaxassislari «Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» da

Joriy yilning 3- 29-oktyabr kunlari Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM mutaxassislari «Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» da «O‘zbek-lotin alifbosini o‘rganish va davlat tilida ish yuritish» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etishdi.

Kurs yakunida mazkur yo’nalishni o’zlashtirgan tinglovchilar «Guvohnoma» ga ega bo’ldilar