Seminar-trening to’g’risida

Joriy yilning 23-28-yanvar kunlari Geologiya fanlari universiteti «GIDROINGEO instituti» DMda Finlandiya geologiya xizmati(GTK) ning malakali mutaxassislari tomonidan «Gidrogeologik jarayonlarni raqamlashtirish va ma’lumotlar bazasini yaratish» mavzusidagi o’quv amaliy treningi o’z ishini boshladi.

Seminarda «GIDROINGEO instituti» DM hamda «O’zbekgidrogeologiya» DUK mutaxassislari mazkur yo’nalish bo’yicha o’z kasbiy salohiyatlarini oshirmoqdalar.

«Innovatsion yutuqlar va yangiliklar» mavzusidagi seminar-trening to’g’risida

“Geologiya sohasida so‘nggi yillarda erishilgan innovatsion yutuqlar va yangiliklar” mavzusidagi seminar-trening to’g’risida

Joriy yilning 22-yanvar kuni Geologiya fanlari universiteti talabalarining geologiya sohasiga qiziqishlarini yanada orttirish, puxta bilim olishlarini ta’minlash maqsadida universitet tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, ilmiy xodimlar ishtirokida tashkil etilgan “Geologiya sohasida so‘nggi yillarda erishilgan innovatsion yutuqlar va yangiliklar” mavzusidagi seminar-treningga «GIDROINGEO instituti» DM mutaxassislari taklif etildi.

Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Oxunov hamda yetakchi mutaxassislar tomonidan talabalarga institutda olib borilayotgan so’nggi ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ularning samarali natijalari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Mutaxassislar mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

“GIDROINGEO instituti” DMda yosh olimlar kengashining yigʻilishi boʻlib o’tdi

Joriy yilning 18-yanvar kuni Geologiya fanlari universitetining “GIDROINGEO instituti” DMda yosh olimlar va mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini faollashtirish, dolzarb ilmiy muammolarni ishlab chiqishda va istiqbolli ilmiy maqsadlarni hal etishda ularning faoliyatlarini birlashtirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy kadrlarni tayyorlashda, akademik fanning rivojlanishida va ilmiy maktablarning vorisligini ta’minlashda ko‘maklashish maqsadida qayta tashkil etilgan Yosh olimlar kengashining yigʻilishi boʻlib o’tdi.

Yigʻilish kun tartibida Yosh olimlar kengashining 2023-yilga mo‘ljallangan yangilangan Nizomi, tarkibi va ish rejasi koʻrib chiqildi.

«Foydali model patenti» va «Ixtiro patenti» berildi

Geologiya fanlari universitetining “GIDROINGEO instituti» DM ilmiy xodimlariga «Kichik o’lchamli burg’ilash qurilmasi» hamda «Gidromineral xomashyodan litiyni ajratib olish uchun sorbent olish usuli» ga O’zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» DM tomonidan «Foydali model patenti» berildi.

Geologiya fanlari universitetining “GIDROINGEO instituti» DM ilmiy xodimlariga «Chuqur qatlamlarda yashirin joylashgan uran konining gidrogen konini aniqlashning radiogeokimyoviy usuli» hamda «Gidromineral xomashyodan oltin chiqarish usuli» uchun O’zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» DM tomonidan «Ixtiro patenti» berildi.

Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasining (DZK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda:

  1. Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Hududiy komissiyalar tuzilmasi, tarkibi va ekspertlar tarkibi to‘g‘risida hamda Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi va Hududiy komissiyalarning 2022 yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida..
  2. “Shortak konining uglevodorod zaxiralarini hisoblash” ҳисоботи.
  3. “Arslan konining uglevodorod zaxiralarini hisoblash” ҳисоботи.
  4. “Namangan viloyatining alohida shaharlari va poselkalarini xo‘jalik ichimlik suvi bilan taʼminlashni asoslash uchun “Olmos-Varziq”, “Kosonsoy” va “Sirdaryo” konlarining alohida uchastkalari to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida yer osti suv zaxiralarini qayta baholash uchun qidiruv ishlari” ҳисоботи.
  5. “Toshkent viloyatining Pskent tumanida Ohangaron yer osti suvi koni “Vaxrushevo” uchastkasidagi to‘rtlamchi davr yotqiziqlari chuchuk yer osti suv ekspluatatsion zaxiralarini qayta baholash” ҳисоботи.
  6. “Navoiy viloyati Tomdi tumanida shisha xom ashyosi sifatida Aydarali maydonida kvars qumlarni mufassal baholash va qiidirish ishlarini olib borish” ҳисоботи.
  7. “Navoiy viloyati Tomdi tumanida qurilish materiallari xom ashyosi sifatida Aktau maydonida granitlarni mufassal baholash va qiidirish ishlarini olib borish” ҳисоботи.
  8. “Navoiy viloyati Tomdi tumanida qurilish materiallari xom ashyosi sifatida Charikti maydonida granitlarni mufassal baholash va qidirish ishlarini olib borish” ҳисоботи.
  9. “Navoiy viloyati Tomdi tumanida qurilish materiallari xom ashyosi sifatida Gujumdi maydonida dolomitlarni mufassal baholash va qiidirish ishlarini olib borish”

hisobotlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.