«GIDROINGEO instituti» DM jamoasi muvaffaqiyatli himoya bilan R.Bekimbetovni tabriklab, keyingi ilmiy faoliyatlarida omadlar tilaydi

Bugun, joriy yilning 25-noyabr kuni «GIDROINGEO instituti» DM huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy Kengashda «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti» doktoranti Bekimbetov Ruslan Tursinbayevichning «Nukus shahri sho’rlangan gruntlarida bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashning o’ziga xosliklarini muhandis-geologik asoslash» mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan dissertasiya ishi himoyasi o’tkazildi.

Bugun Geologiya fanlari universitetida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasi tomonidan «Zamonaviy gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o’tkazilmoqda.

Anjuman gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi hamda geoekologiya yo’nalishlaridagi zamonaviy dolzarb muammolar, tabiiy global o’zgarish va texnogen sharoitlarning gidrogeologik muhitga, jumladan yer osti suvlariga ta’siri, ularni xal etish yo’llari hamda ilmiy-tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirishni muhokama qilish, shuningdek, geologik muhitni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish haqida mutaxassislar bilan fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

Anjuman yalpi Majlis va quyidagi ustuvor yo’nalishlar doirasida o’z ishini olib bormoqda:

  • gidrogeologiya yo’nalishi aspektlari: yutuqlar, muammolar va ularni hal qilish yo’llari;
  • muhandislik geologiyasi yo’nalishi aspektlari: muhandis-geologik jarayonlarni baholash va ularni yuqori texnologik uskunalar va usullar asosida bashoratlash;
  • geoekologiya yo’nalishi aspektlari: muammolar holatini baholash va ularni hal etish yo’llari.