“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM hamda Koreya tadqiqot va ishlanmalar konsortsiumi ERG Inc., KITECH va Giant Chemical bilan o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM hamda Koreya tadqiqot va ishlanmalar konsortsiumi ERG Inc., KITECH va Giant Chemical bilan hamkorlik boyicha ozaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida yosh kadrlar malakasini oshirish, ikki tomonlama tajriba almashinuv, suvni tozalash va chuchuklashtirish texnologiyasi boyicha hamkorlik ishlarini amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, yer osti suvlarining miqdoriy va sifat korsatgichlarini organishning zamonaviy usullari boyicha oquv seminar treninglar tashkil etish kozda tutilgan.

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Koreyaning ERG Inc., KITECH hamda Giant Chemical kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Joriy yilning 5-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Koreyaning ERG Inc., KITECH hamda Giant Chemical kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniyalarning faoliyati togrisida tanishtiruv taqdimotlari bolib otdi. ERG, Inc., KITECH hamda Giant Chemical kompaniyalari tomonidan olib borilayotgan ishlar togrisidagi soz yuritildi. Xususan:
-ERG, Inc., kompaniyasining yer osti suvlaridan noyob metallarni ajratib olishda amalga oshirgan va oshirayotgan loyihalari va ularning natijalari;
-KITECH tomonidan suvni chuchuklashtirish texnologiyasining Koreyada qo`llanilish tajribasi;
-Giant Chemical tomonidan suv namunalarini kimyoviy tahlil qilish uchun ishlatiladigan moddalari, laboratoriya reagentlarini ishlab chiqish tajribasi bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Malaka oshirish kursi to‘g‘risida

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi Kasaba uyushmasi raisi T.X. Aripjanov Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘tkazilgan “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” o‘quv kursini tamomlab, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi” va Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-dekabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi direktori Q.R. Mingboyev ochib berib, “Adolat sinmasin” advokatlar haʼyati advokatlari U.B. Abduolimov, M.M. Bobomirzayevlarning maʼruzalari tinglandi. Yigʻilishda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligi, tegishli moddalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi, qoʻshilgan yangi moddalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar va islohotlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilish yakunida institut mutaxassislarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan tadbir toʻgʻrisida

Geologiya fanlari universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi G’.D. Nishanov raisligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassislar X.Y.Artikov, S.E.Maxsuddinov va ilmiy-tadqiqot institutlarining yosh mutaxassislari va olimlar ishtirok etdilar