Joriy yilning 4-dekabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi direktori Q.R. Mingboyev ochib berib, “Adolat sinmasin” advokatlar haʼyati advokatlari U.B. Abduolimov, M.M. Bobomirzayevlarning maʼruzalari tinglandi. Yigʻilishda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligi, tegishli moddalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi, qoʻshilgan yangi moddalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar va islohotlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilish yakunida institut mutaxassislarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.