“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi” va Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-dekabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi direktori Q.R. Mingboyev ochib berib, “Adolat sinmasin” advokatlar haʼyati advokatlari U.B. Abduolimov, M.M. Bobomirzayevlarning maʼruzalari tinglandi. Yigʻilishda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligi, tegishli moddalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi, qoʻshilgan yangi moddalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar va islohotlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilish yakunida institut mutaxassislarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan tadbir toʻgʻrisida

Geologiya fanlari universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi G’.D. Nishanov raisligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassislar X.Y.Artikov, S.E.Maxsuddinov va ilmiy-tadqiqot institutlarining yosh mutaxassislari va olimlar ishtirok etdilar

“Kimyo va togʻ-kon sanoatining dolzarb muammolarining innovatsion yechimi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya toʻgʻrisida

Joriy yilning 20-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutida “Kimyo va togʻ-kon sanoatining dolzarb muammolarining innovatsion yechimi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasining “Gidromineral resurslar” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi geologiya-mineralogiya fanlari doktori A.S. Ibragimov maʼruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif davomida A.S. Ibragimov tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti talabalari uchun master-klass darslari oʻtkazildi.

Seminar-trening to’g’risida

Tog’ kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Finlandiya geologiya xizmati (GTK) o’rtasida imzolangan «O’zbekistonda milliy farovonlik uchun tabiiy resurslarni o’zlashtirishni kuchaytirish» Memorandumi doirasida, joriy yilning 3-9 sentyabr kunlari Finlandiyaning Espoo shahrida «GIDROINGEO instituti” DM mutaxassislari “Yer osti suvlarini modellashtirish” hamda geofizik ma’lumotlarni “Oasis Montaj” dasturida qayta ishlash bo’yicha Finlandiya geologiya xizmati (GTK) tomonidan tashkil etilgan o’quv amaliy treninglarida ishtirok etdilar.

Telegram kanaliga obuna bo`ling:
➖ @hydroengeo 

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim istitutiga qabul tanlovini e’lon qiladi!

Tayanch doktorantura (PhD):
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 2 ta oʻrin.

Maqsadli tayanch doktorantura (PhD)
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 1 ta oʻrin.

Stajor-tadqiqotchilik:
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 1 ta oʻrin.

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka – namuna 3.5 shakl boʻyicha).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).
  7. Pasport nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.

Barcha hujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib, 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

1 2 3 9