Joriy yilning 30-noyabr kuni «GIDROINGEO instituti» DM huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy Kengashning Ilmiy seminarida geologiya-mineralogiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan dissertatsiya ishlari muhokamasi bo’lib o’tdi

  1. O.Zafarov «Inshootlar asosidagi sho’rlangan gruntlarning namlanishidan fizik mexanik xossalarning o’zgarishi(Jizzax viloyati Paxtakor tumani misolida) mavzusida;
  2. G.Hasanova «O’zbekiston seysmofaol rayonlarining yer osti suvlarida mikrokomponent ko’rsatkichlarining o’zgarish xususiyatlarini o’rganish(Toshkent dinamik poligoni misolida) mavzusida.

Muhokama yakunida dissertantlarga dissertatsiya ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi hamda ular bartaraf etilgandan soʻng keyingi bosqichga tavsiya etilishiga kelishildi.