Joriy yilning 11-noyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Davlat geologiya qo’mitasi hamkorligida «Energetika va resurslarni barqaror rivojlantirish uchun konchilik sohasida ekologik va ijtimoiy samaradorlikni boshqarish” mavzusidagi o’quv dasturining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda barcha ishtirokchilar o’quv dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun «Sertifikat» bilan taqdirlandilar.

O’quv dasturi davomida Geologiya fanlari universiteti «GIDROINGEO instituti» DM jamoasi tomonidan taqdim etilgan loyiha «Eng yaxshi loyiha» nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Dastur doirasidagi «Yaxshi ishtirokchi» nominatsiyasi bo’yicha I.Ro’zimov, «Eng yaxshi ishtirokchi» nominatsiyasi bo’yicha D.Nazipova taqdirlandilar.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasida bo’lib o’tgan «Тranschegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish (GGRETA)» hamkorlik loyihasining 3-yig’ilishida Davlat geologiya qo’mitasi bo’lim boshlig’i R.Begmatov va Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM direktori Q.Mingboyev boshchiligida tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ikki tomonlama hamkorlik yig’ilishida Toshkentoldi yer osti suvlari qatlamini matematik modelini yaratish bosqichi natijalari hamda O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalari transchegaraviy suv qatlamini yer osti mineral suvlaridan barqaror foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha Yo’l xaritasi muhokama qilindi.

Kelgusida samarali hamkorlikni Yo’l xaritasi asosida davom ettirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda

Mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Mirzo Ulug’bek tumanidagi 223-sonli maktab hududidagi bog’da tashkil etilgan ko’kalamzorlashtirish tadbirida Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM jamoasi ham faol ishtirok etib, manzarali daraxtlarni ko’paytirishga o’z hissalarini qo’shdilar.

Tabiatga mehr uyg‘otishga qaratilgan mazkur targ‘ibot ishlari ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.