Joriy yilning 2-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasida bo’lib o’tgan «Тranschegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish (GGRETA)» hamkorlik loyihasining 3-yig’ilishida Davlat geologiya qo’mitasi bo’lim boshlig’i R.Begmatov va Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM direktori Q.Mingboyev boshchiligida tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ikki tomonlama hamkorlik yig’ilishida Toshkentoldi yer osti suvlari qatlamini matematik modelini yaratish bosqichi natijalari hamda O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalari transchegaraviy suv qatlamini yer osti mineral suvlaridan barqaror foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha Yo’l xaritasi muhokama qilindi.

Kelgusida samarali hamkorlikni Yo’l xaritasi asosida davom ettirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.