O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi. Davlatimiz bayrog‘i g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz timsolidir.

Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» jamoasi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan vatandoshlarimizni samimiy qutlaydi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo’lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda yurtimiz shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!

«H.M.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” tomonidan Akademik Habib Muxamedovich Abdullayev tavalludining 110 yilligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Geologiya fanlari universiteti anjumanlar zalida «H.M.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” tomonidan Akademik Habib Muxamedovich Abdullayev tavalludining 110 yilligi va “Geologiya, geofizika, petrologiya va ma’dan hosil bo‘lishining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tmoqda.

Dissertatsiya ishi muhokamasi to’g’risida

Joriy yilning 15-noyabr kuni «Seysmologiya instituti» da Seysmologiya instituti huzuridagi Dsc02/30.12.2019.GM/FM.97.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminarda «GIDROINGEO instituti» DM mustaqil izlanuvchisi F.A. Oxunovning 04.00.04. – «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» ixtisosligi bo’yicha geologiya-mineralogiya fanlari (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun «Sug’oriladigan hududlarda yer osti suvlari rejimini o’rganishni ilmiy uslubiy asoslari (Qarshi cho’li misolida)» mavzusida tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Muvaffaqiyatli muhokamadan so’ng dissertasiya ishi keyingi bosqichlarda muhokama etish uchun tavsiya etildi.

Geologiya fanlari universitetiga Frayberg konchilik akademiyasi rektori boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Geologiya fanlari universiteti tomonidan Frayberg konchilik akademiyasidan har semestrda bir nafar professorni Geologiya fanlari universiteti o‘quv jarayoniga ma’ruza o‘qishga jalb etish, talabalar almashinuvini (akademik mobillik) yo‘lga qo‘yish, jumladan, har o‘quv yili yozgi amaliyot davrida 10 nafargacha o‘zaro talabalar almashinuvini amalga oshirish, Geologiya fanlari universiteti Frayberg konchilik akademiyasi bilan hamkorlikda xalqaro dasturlarda ishtirok etish (Erasmus+, DAAD dasturlarida), universitet professor-o‘qituvchilari uchun qisqa va uzoq muddatli stajirovka dasturlarini tashkil etish kabi 10 ga yaqin takliflar muhokama qilindi.