«Ona tili – bu millatning ruhidir»

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DMda «Ona tili – bu millatning ruhidir» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut direktori Q.Mingboyev ochib berdi va o’z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib borayotganligi, uni chuqur bilish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani xususida to’xtalib o’tdi va institut jamoasini «O’zbek tili bayrami» bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirga Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Do’stlik» ordeni sohibasi, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, Falsafa fanlari doktori, shoira – Sayyora To’ychiyeva taklif etildi. Shoira o’zbek tilining boy imkoniyatlari, serma’no jilvalari haqida ma’ruza qilib, o’zining she’rlaridan o’qib berdi.

Tadbir qatnashuvchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi. Zero, tilni o‘rganish – yuksak ma’naviyatni shakllantirishning munosib omilidir

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati ushbu bayramni keng nishonlash choralari ko‘rilib, barcha davlat korxona va tashkilotlarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat geologiya qo‘mitasi katta majlislar zalida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyorlari, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Gavhar Zokirovalar bilan suhbat o‘tkazildi. Ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etilgan sheʼr va asarlardan parchalar ijro etdilar, o‘zbek tilining nafosati va jozibasi xususida atroflicha so‘z yuritdilar.

Malaka oshirish kursi to’g’risida

Joriy yilning 10-16-oktyabr kunlari «GIDROINGEO instituti» DM yosh mutaxassislari «Geologiya tarmog’i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» da «Geologiya qidiruv ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash» bo’yicha master-klass kurslarida ishtirok etishdi.

Yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislar tegishli «Guvohnoma» ga ega bo’ldilar.

«Geologiya sohasining eng yaxshi targ’ibotchisi» nominatsiyasi bo’yicha tanlov

Davlat geologiya qo’mitasi ijtimoiy sahifalari obunachilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va Blogerlar hamda tanlov shartlariga javob beradigan fuqarolar o’rtasida o’tkaziladi.

Tanlovga 2022-yil 4- oktyabrda 30-noyabrga qadar soat 18:00 gacha quyidagi manzil orqali ro’yhatdan o’tish va materiallarni taqdim etish so’raladi.

18-noyabr kuni «GIDROINGEO instituti» DM Ilmiy kengashida dissertasiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM Ilmiy Kengashida institut mustaqil tadqiqotchisi K.M. Djaksimuratovning «Faol suv almashinuvi hududlaridan kompleks foydalanish uchun gidrogeologik sharoitlarni baholash (Qoraqalpoq Ustyurti misolida) mavzusidagi geologiya mineralogiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan dissertasiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Muhokama yakunida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan savol va takliflar berildi hamda kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng dissertatsiya ishi himoya uchun keyingi bosqichga tavsiya etilishiga ruxsat berildi.