Joriy yilning 20-oktyabr kuni Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DMda «Ona tili – bu millatning ruhidir» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut direktori Q.Mingboyev ochib berdi va o’z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib borayotganligi, uni chuqur bilish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani xususida to’xtalib o’tdi va institut jamoasini «O’zbek tili bayrami» bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirga Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Do’stlik» ordeni sohibasi, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, Falsafa fanlari doktori, shoira – Sayyora To’ychiyeva taklif etildi. Shoira o’zbek tilining boy imkoniyatlari, serma’no jilvalari haqida ma’ruza qilib, o’zining she’rlaridan o’qib berdi.

Tadbir qatnashuvchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi. Zero, tilni o‘rganish – yuksak ma’naviyatni shakllantirishning munosib omilidir