Bugun, joriy yilning 31-oktyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Davlat geologiya qo’mitasi hamkorligida «Energetika va resurslarni barqaror rivojlantirish uchun konchilik sohasida ekologik va ijtimoiy samaradorlikni boshqarish”» mavzusidagi trening o’z ishini boshladi. Treningda Davlat geologiya qo’mitasi, «GIDROINGEO instituti», «Mineral resurslar instituti», «Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti», «H.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti» DM lari, “O’zbekgeologiyaqidiruv» AJ Markaziy laboratoriyasi, «O’zbekgeofizika» AJ mutaxassislari xalqaro tajriba asosida o’z kasbiy salohiyatlarini oshirmoqdalar.