Joriy yilning 21-noyabr kuni Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» DM va Chexiya Respublikasi Geotest a.s. bilan olib borilayotgan o’zaro hamkorlik ishlari doirasida Geotest a.s. mutaxassisi, DSc, professor Pavel Blaha «Chexiya Respublikasi ilmiy-tadqiqotlardagi birinchi tajribalar va yer osti qurilish ishlarida geofizik usullar» mavzusida master-klass tashkil etildi.

Tadbirni Geologiya fanlari universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori R.Xalmatov ochib berdi va «GIDROINGEO instituti» DM ning Chexiya Respublikasi Geotest a.s. bilan muhandis-geofizik sohasida uzoq yillardan buyon ikki tomonlama hamkorlikda bajarilayotgan samarali ishlari xususida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, Chexiya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi Vaslav Yilek ham o’zarо hamkorlik munosabatlari to’g’risidа nutq so’zladi.

Tadbirda Chexiya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yuqori texnologiyalar markazi mutaxassisi va Davlat geologiya qo’mitasi tizimosti korxonalari soha mutaxassislari hamda Geologiya fanlari universiteti talabalari ishtirok etishdi.