“Kimyo va togʻ-kon sanoatining dolzarb muammolarining innovatsion yechimi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya toʻgʻrisida

Joriy yilning 20-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik institutida “Kimyo va togʻ-kon sanoatining dolzarb muammolarining innovatsion yechimi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo’lib o’tdi. Mazkur xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasining “Gidromineral resurslar” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi geologiya-mineralogiya fanlari doktori A.S. Ibragimov maʼruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif davomida A.S. Ibragimov tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti talabalari uchun master-klass darslari oʻtkazildi.

2023-yilning 13–17-noyabr kunlari “Silk Road Samarkand” kongress markazida BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan 500 ga yaqin delegatlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar vakillari qatorida institutimiz jamoasi ham ishtirok etmoqda. Tadbir qatnashchilari Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo’lidagi taraqqiyotni ko’rib chiqadilar. UNCCD imzolanganidan beri birinchi marta uning eng muhim yig’ilishlaridan biri Markaziy Osiyoda o’tkazilmoqda.

CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish boʻyicha global maqsadlarga erishish boʻyicha taraqqiyotni koʻrib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega boʻladi.

11 ноябрь – “Ўзбекистон касаба уюшмалари куни” га бағишланган тадбир тўғрисида

Жорий йилнинг 9 ноябрь куни “ГИДРОИНГЕО институти” ДМ директори Қ.Р. Мингбоев бошчилигида 11 ноябрь – “Ўзбекистон касаба уюшмалари куни” байрамига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.

Мазкур тадбирда Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгашининг “Молия” бўлими мудири
З.И. Ибрагимова ва “Ижтимоий ҳимоя” бўлими мудири Р.Ф. Жўраев ҳамда “ГИДРОИНГЕО институти” ДМ ходимлари ва Касаба уюшмаси раиси
Т.Х. Арипжановлар қатнашдилар.

Тадбир бошида Қ.Р. Мингбоев сўзга чиқиб, сўнги йилларда Давлатимиз ва Президентимиз томонидан Касаба уюшмаларига алоҳида эътибор берилаётгани ва шу йилдан бошлаб 11 ноябрь – “Ўзбекистон касаба уюшмалари куни” деб қарор қабул қилингани тўғрисида маъруза қилиб, касаба уюшмаси аъзоларини табриклаб, уларга келажакда ишларида муваффақиятлар тилади. Шунингдек, Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши вакиллари ҳам ўзларининг табрикларини йўлладилар.

Тадбир сўнгида “ГИДРОИНГЕО институти” ДМ Касаба уюшмаси раиси
Т.Х. Арипжанов касаба уюшмаси соҳасидаги самарали меҳнати ва уюшма мавқеини янада оширишга қўшган ҳиссаси учун Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгашининг “Фахрий ёрлиғи” билан мукофотланиб, эсдалик совғаси билан тақдирланди.

Seminar-trening to’g’risida

Tog’ kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Finlandiya geologiya xizmati (GTK) o’rtasida imzolangan «O’zbekistonda milliy farovonlik uchun tabiiy resurslarni o’zlashtirishni kuchaytirish» Memorandumi doirasida, joriy yilning 3-9 sentyabr kunlari Finlandiyaning Espoo shahrida «GIDROINGEO instituti” DM mutaxassislari “Yer osti suvlarini modellashtirish” hamda geofizik ma’lumotlarni “Oasis Montaj” dasturida qayta ishlash bo’yicha Finlandiya geologiya xizmati (GTK) tomonidan tashkil etilgan o’quv amaliy treninglarida ishtirok etdilar.

Telegram kanaliga obuna bo`ling:
➖ @hydroengeo 

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim istitutiga qabul tanlovini e’lon qiladi!

Tayanch doktorantura (PhD):
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 2 ta oʻrin.

Maqsadli tayanch doktorantura (PhD)
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 1 ta oʻrin.

Stajor-tadqiqotchilik:
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 1 ta oʻrin.

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka – namuna 3.5 shakl boʻyicha).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).
  7. Pasport nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.

Barcha hujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib, 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.