💠 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” talabalari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasida amaliyot oʻtashmoqda
Joriy yilning 12 iyun kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”talabalari“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasida amaliyot o`tashdi. Talabalarga Institutning umumiy faoliyati haqida taqdimot qilinib, barcha ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.