Joriy yilning 5-7 iyun kunlari “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Qozogiston Respublikasi Olmaota shahrida “Izotoplar: yer osti suv resurslarini boshqarish vositalari, ularning yoshi va ifloslantiruvchi moddalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminarda qatnashdilar.

Seminarda Qozogiston va Ozbekiston suv resurslari, ulardagi muammolar, izatop vositalardan foydalanishning dastlabki imkoniyatlari, Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish sohasida Fransiya tajribasi, hamda xalqaro tajriba almashish va istiqbolli rejalarni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuning bilan birga, anjumanda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar bilan kelgusida ozaro ilmiy-tadqiqot ishlarini yolga qoyish masalalari ham ko`rib chiqildi