Geologiya fanlari universiteti va Tomsk davlat universiteti: qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha magistratura talabalarining birinchi bitiruvi

2024-yil iyun oyi boshida Toshkentdagi Geologiya fanlari universiteti (GFU) va Rossiyaning Tomsk davlat universiteti (TDU) o‘zaro hamkorlik doirasidagi muhim voqeani nishonladi. 3-4 iyun kunlari mazkur ikki ta’lim muassasasining qo‘shma dasturi bo‘yicha tahsil olgan ilk magistrantlarning dissertatsiyalari himoya qilindi. Unda Tomsk davlat universiteti komissiyasi ham ishtirok etganini ta’kidlash joiz.

Qo‘shma dastur talabalarga ikki xil ilmiy va ta’lim maktablari tajribasini birlashtirgan holda fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyatni taqdim etdi.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi ularning ta’lim yo‘lining cho‘qqisi va kasbiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Himoyada jami 11 nafar o’quvchi ishtirok etib, ularning har biri o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini yuqori malakali mutaxassislardan iborat komissiyaga taqdim etdi.

Magistratura dasturi oliy taʼlim va fan sohasida samarali xalqaro hamkorlik namunasi boʻlib, geologiya sanoatini milliy va xalqaro miqyosda rivojlantirishga hissa qoʻshishga qodir malakali mutaxassislarni yetishtirishga koʻmaklashadi.