Finlandiya geologiya xizmati (GTK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha yigʻilishi to`grisida

Joriy yilning 27-31 may kunlari Finlandiyaning Espoo shahrida Finlandiya geologiya xizmati (GTK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʼzbekistonda milliy farovonlik uchun tabiiy resurslarni oʼzlashtirishni kuchaytirish” mavzusidagi loyiha rahbarlarining ishchi uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Ushbu uchrashuvda “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari Farrux Аbduqaxorovich Oxunov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Oʼzbekiston Respublikasi Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirligi mutaxassislari hamda Finlandiya geologiya xizmati (GTK) mutaxassislari loyihaning bajarilish holati va kelgusi bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildilar.

Tasdiqlangan xizmat safari dasturiga muvofiq delegatsiya foydali qazilmalarni razvedka qilish (Finlandiyaning yangi togʼ-kon strategiyasi, ijtimoiy litsenziya olish mexanizmi) va foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suvli qatlamlarni sunʼiy toʼyintirish (Sannaisten vesi MAR hududiga sayohat) boʼyicha tashkil etilgan seminarlarda ishtirok etdilar.