Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasida amaliyot oʻtashmoqda

Joriy yilning 29-30 may kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasida amaliyot oʻtashdi. Talabalarga Institutning umumiy faoliyati haqida taqdimot qilinib, barcha ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.