Joriy yilning 24 may kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Xitoy Suv resurslari va gidrogeologiya tadqiqot markazi vakillari bilan onlayn uchrashdi.

Uchrashuvda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma loyihalar tanlovi muhokama qilindi.

Unda tomonlar sohada hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilib, qo`shma loyihani amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashdilar. Tomonlar muzokaralar natijasida qator kelishuvlarga erishdilar.