Ispaniyaning IDOM Consulting Engineering Architecture kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 24 may kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Ispaniyaning IDOM Consulting Engineering Architecture kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashdi.

Uchrashuv mobaynida hamkorlikda gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya yonalishlarida loyihalarni amalga oshirish, tender va tanlovlarda qatnashishi va ozaro tajriba almashinuv ishlari doirasida o`quv seminar treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.