Joriy yilning 13-17 may kunlari “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida “Muhandislik va rudali geofizika” mavzusida o`tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdilar.

Anjumanda institut mutaxassislari tomonidan «Respublikada gidrogeologik, muhandis geologik va geoekologik ishlarda geofizik usullardan foydalanish tajribasi” mavzusida taqdimot qilindi.

Shuningdek, zamonaviy geofizik qurilmalar va ularning imkoniyatlari togrisida amaliy tanishtiruvlar bolib otdi.