“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari xalqaro anjumanda ishtirok etdilar

Joriy yilning 14-16 may kunlari “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida “Suv resurslari xavfsizligi – 2024” mavzusidagi I – Xalqaro anjumanda ishtirok etdilar

Anjumanda gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi hamda geoekologiya yo’nalishlaridagi zamonaviy dolzarb muammolar, tabiiy global o’zgarish va texnogen sharoitlarning gidrogeologik muhitga, jumladan yer osti suvlariga ta’siri, ularni xal etish yo’llari hamda ilmiy-tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirishni muhokama qilish, shuningdek, suv resurslari xavfsizligi bilan bog‘liq yo’nalishlar bo’yicha xalqaro tajriba almashish va istiqbolli rejalarni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuning bilan birga, anjumanda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar bilan kelgusida ozaro ilmiy-tadqiqot ishlarini yolga qoyish masalalari ham korib chiqildi.