Joriy yilning 7-may kuni Geologiya fanlari universitetida boʻlib oʻtgan “Ochiq eshiklar” va “Karyera kuni”da “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi oʻzining koʻrgazmaviy materiallari bilan ishtirok etdi.

“Ochiq eshiklar” va “Karyera kuni”da Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Olmazor, Bektemir va boshqa tumanlarning bitiruvchi maktab oʻquvchilari tashrif buyurdilar. Bitiruvchi maktab oʻquvchilariga mutaxassislar tomonidan institutning faoliyati hamda koʻrgazmaviy materiallar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, institutning “Geokologo-kimyo” laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.