“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi xodimlari Amerika qoʻshma shtatlarining USGS vakillari bilan uchrashdi

2024-yil 21-24 aprel kunlari AQSH geologiya xizmati (USGS) mutaxassislari va Kon-geologiya vazirligi, “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda gidrogeologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari, iqlim o‘zgarishining yer osti suvlariga taʼsiri, yer osti suvlari konini modellashtirish, sohada tajriba almashinuv ishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi. USGS va “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining umumiy faoliyati haqida taqdimot qilindi.

Shuningdek, institutning ilmiy laboratoriyalari va Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan dala tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.