Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qaroriga asosan 04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” ixtisosligi boʻyicha “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi “Tog‘-kon ishlarida muhandis-geologik tadqiqotlar” laboratoriyasi mudiri Qurbonov Elboy Shavkatovichga hamda “Geoaxborot texnologiyalari va innovatsion ishlanmalar” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Xushvakatov Saydulla Xolbazarovichga “Katta ilmiy xodim” ilmiy unvoni berildi.

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi jamoasi E.Sh. Qurbonov va S.X. Xushvaktovni “Katta ilmiy xodim” ilmiy unvonini qoʻlga kiritganliklari munosabati bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.