Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Navroʻzi olam xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga baxt-saodat olib kelishini tilab qolamiz.