Mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 16-18 mart kunlari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi xodimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkaziluvchi umumxalq xayriya hashari institut xodimlari ahilligi va hamjihatligini yana bir karra ifoda etib berdi.