Joriy yilning 29 fevral kuni Mirzo Ulugbek tumani IIB "Kiberjinoyatlar" bolimi kapitani Sharipov F. hamda katta leytenant Xoshimov A. tomonidan Kon-geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti «GIDROINGEO instituti” DM xodimlari uchun “Konfidensial ma’lumotlarni oshkor etmaslik va axborot xavfsizligi” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Mazkur tadbirda o’zgalarning plastik kartalaridan pul mablag’larini o’zlashtirishning yangi firibgarlik yo’llari haqidagi murojaatlarning kelib tushishi ko’payganligi va buni oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida ma`lumot berildi.

Shuningdek, institut xodimlari uchun bir qator tavsiyalar, xususan: nomalum raqamdan qongiroq qilgan notanish shaxslarning korsatmalariga amal qilmaslik; shaxsiy malumotlarni begona shaxslarga bermaslik; begona shaxslarning korsatmasiga binoan telefondagi harakatlarni bajarmaslik; notanish shaxslarga oldindan tolov sifatida pul otkazmaslik tushuntirildi.