«GIDROINGEO instituti” DM, “O’zbekgidrogeologiya” DM hamda «Geologiya va geofizika instituti» DM xodimlari Finlandiya geologiya xizmati (GTK) tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etmoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi «GIDROINGEO instituti” DM, “O’zbekgidrogeologiya” DM hamda «Geologiya va geofizika instituti» DM xodimlari 2024 yilning 26 fevraldan 1 mart kuniga qadar “Yer osti suvlari oqimini modellashtirish” hamda geofizik ma’lumotlarni “Oasis Montaj” dasturida qayta ishlash bo’yicha Finlandiya geologiya xizmati (GTK) tomonidan tashkil etilgan o’quv-amaliy seminar treninglarida ishtirok etmoqdalar.

Seminarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Nurobod uchastkasida olib borilgan gidrogeologik va geofizik qayta ishlangan ma`lumotlar yer osti suvlari oqimi modelini yaratish uchun PM8 dasturiga kiritilmoqda.

Seminardan olingan tajriba va konikmalar korxonalarning kelgusida olib boradigan ishlarida qo`llaniladi.