Joriy yilning 26-27 fevral kunlari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi huzuridagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil 2-chorakda oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat oʻtkazildi.

Suhbat davomida barcha talabgorlarning 04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” ixtisosligi boʻyicha bilim koʻnikmalari aniqlanib, ilmiy yoʻnalishlari belgilanib, ularga ilmiy rahbarlar biriktirildi.