Joriy yilning 15-fevral kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy Kengashda institut tayanch doktoranti Abdullayev Bahromjon Dadajonovichning “Toshkent havzasining suv almashinuvini zamonaviy xususiyatlari” mavzusidagi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti Ochilov Gʻolibjon Ernazar oʻgʻlining “Shimoliy Tomditov eotsen gillarining ko‘pchish xususiyatlari va ularning deformatsiyalarini modellashtirish” mavzusidagi geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan dissertatsiya ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi.

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi jamoasi B.D. Abdullayev va Gʻ.E. Ochilovlarni dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari munosabati bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.