Joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qaroriga asosan 04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” ixtisosligi boʻyicha “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi “Regional gidrogeologik tadqiqotlar” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi Abdullayev Botirjon Dadajonovichga “Professor” ilmiy unvoni, shuningdek “Geoaxborot texnologiyalari va innovatsion ishlanmalar” laboratoriyasi mudiri Anorboyev Erkin Alisher oʻgʻli hamda kichik ilmiy xodimi Mardiyev Oʻtkir Berdiyevichlarga texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi jamoasi B.D. Abdullayevni “Professor” ilmiy unvoni, E.A. Anorboyev va Oʻ.B. Mardiyevlarni texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qoʻlga kiritganliklari munosabati bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi