Bugun, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi. Davlatimiz bayrog‘i g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz timsolidir.

Geologiya fanlari universitetining «GIDROINGEO instituti» jamoasi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan vatandoshlarimizni samimiy qutlaydi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo’lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda yurtimiz shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!