Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʼzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablagʼlari hisobiga oʼqitish uchun qabul kvotalari

photo_2021-09-22_16-10-10

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi 2022 yil uchun tayanch doktorantura PhD’ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI:
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiya” tayanch doktorantura — 5 ta
Tayanch doktorantura talabgorlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan institutga murojaat qiladi:
1. Ariza.
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka — namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (PhD) (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma.
7. Pasport nusxasi.
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Hujjatlar 2021 yilning 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Saykali ko‘chasi, 3 uy. Telefon: (71) 265-03-78. Sayt: https://hydroengeo.uz/

Комментирование и размещение ссылок запрещено.

Комментарии закрыты.