Joriy yilning 23-iyul kuni “GIDROINGEO instituti” DM Ilmiy kengashining yig‘ilishida 02.00.02 – Analitik kimyo ixstisosligidan kimyo fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi M.N. Meyliyevaning “Oqava va tabiiy suvlar tarkibida neft mahsulotlarini aniqlashning gaz-xromatografik usulini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi boʻlib oʻtdi.