Joriy yilning 21-iyun kuni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi huzuridagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil 3-chorakda oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat oʻtkazildi.
Suhbat davomida barcha talabgorlarning 04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” ixtisosligi boʻyicha bilim koʻnikmalari aniqlanib, ilmiy yoʻnalishlari belgilanib, ularga ilmiy rahbarlar biriktirildi.