Geologiya fanlari universtitetida Chexiya Respublikasining «GEOtest, a.s.» mutaxassisi Pavel Blaha tomonidan dunyoning turli mintaqalaridagi ko‘p yillik tajribasi jamlangan “Yer osti qurilishi uchun geofizika” nomli yangi kitobi taqdimoti otkazildi.
Taqdimot davomida aerotasvirlash, georadar tadqiqotlari, yer osti bo‘shliqlari va quduqlarda geofizik usullardan foydalanish kabi murakkab geofizik usullar muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy elektr tomografiya va seysmik tomografiya usullariga toxtalib o`tildi.
Shuning bilan birga, geofizik usullarni qiyosiy tahlil qilish tajribasi, ushbu zamonaviy usullarning afzalliklari va ahamiyati haqida muhim ekanligi takidlandi. Uchrashuv yakunida “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi rahbariyati bilan kelgusida hamkorlik qilish va tajriba almashish yuzasidan konstruktiv muzokaralar olib borildi.