Joriy yilning 20-iyun kuni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.9601 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda insitut tayanch doktaranti Raximov Nodirjon Najmiddin oʻgʻlining «Buxoro vohasidagi yer osti suvlarining hozirgi holatini baholash va ulardan istiqbolda oqilona foydalanish» mavzusida geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 04.00.04 – «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.