“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM bosh ilmiy xodimi B.D.Abdullayev Xalqaro suv boshqaruvi instituti (IWMI) tomonidan joriy yilning 10-13 iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida tashkil etilgan
“Suv barqaror rivojlanishi uchun” mavzusidagi 3-xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Anjumanda “Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasida yer osti suvlari monitoringini takomillashtirish” mavzusida maruza qilindi. Shuningdek, suvni barqaror boshqarishda ilgor tajribalar, innovatsion yechimlar va hamkorlikni mustahkamlash haqida so`z yuritildi.