Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul tanlovini e’lon qiladi!

Tayanch doktorantura (PhD):
04.00.04 – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 2 ta oʻrin.

Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:

  1. Ariza (Institut direktori nomiga) va rozilik xati (ilmiy rahbardan).
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka – 3.5 shakl boʻyicha).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Diplom nusxasi (bakalavr, magistratura).
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida
    1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).
  7. Pasport yoki ID karta nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (B1 daraja).

Barcha hujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib, 2024-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

“Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari toʻgʻrisida

Mamlakatimizda “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida joriy yilning 24-avgust kuni Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi xodimlari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.

“Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida oʻtkaziluvchi umumxalq xayriya hashari institut xodimlari ahilligi va hamjihatligini yana bir karra ifoda etib berdi.

«Togʼ-kon ishlarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqotlar»

Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti davlat muassasasining «Togʼ-kon ishlarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqotlar» laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga qarashili Zaxchaxona va Oʼrikli uchastkalarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Uchastkalarning shtolniya lahimlarida togʼ jinslarining darzlanishi, deformatsion jarayonlar, togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari, kon inshootlardagi suvlarning umumiy suv sarfi va kimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida namunalar olinmoqda.

Xalqaro hamkorlik loyihasi yuzasidan hisobot bolib otdi.

Joriy yilning 14 avgust kuni «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DMning Ilmiy Kengashida Finlandiya geologiya xizmati (GTK) va «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DM bilan ozaro hamkorlikda olib borilayotgan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bolib o`tdi.

Hisobot mobaynida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalari, xizmat safaridan olingan tajriba va ko`nikmalar hamda kelgusida bajariladigan ishlar keng muhokama qilindi.