Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!

photo_2020-08-31_07-32-43

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar!

Barchamiz uchun eng aziz bo‘lgan bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan sizlarni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Buyuk va bebaho ne’mat — mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda.

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi boʻlib, yorugʻ kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etmoqdamiz. Shu jumladan, geologiya sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlarda barchamiz o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz.

Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan, barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lsin, farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

photo_2020-08-31_07-32-43

Комментирование и размещение ссылок запрещено.

Комментарии закрыты.